Ortodontiya
Noto'g'ri prikus nafaqat estetika — u tishlarning yedirilishi, milk muammolari va jag' og'riqlariga olib keladi.
Ortodontimiz breket tizimlari va shaffof kappalar yordamida tishlaringizni bosqichma-bosqich to'g'ri holatga keltiradi. Davolash TRG va KT tahlili asosida rejalashtiriladi.
- Metall va estetik breketlar
- Shaffof kappalar (elaynerlar)
- TRG+KT asosida diagnostika
- Davolashdan keyingi retensiya nazorati